Moʻynoqda “Shoirlar xiyoboni” tashkil qilindi

Moʻynoq tumani markazida Bosh prokuratura tashabbusi bilan “Shoirlar xiyoboni” tashkil qilindi. Mazkur xiyobonda klassik shoirlarimiz Alisher Navoiy, Ajiniyoz, Berdax, Kunxoʻja, shuningdek, qozoq, turkman, rus klassik shoirlari Abay, Maxtumquli va Pushkinning byustlari oʻrnatildi. Har bir byust yonida ushbu shoirning taniqli asaridan parcha qoʻyildi.
“Shoirlar xiyoboni” yoshlarning maʼnaviy va madaniy saviyasini oshirishda, nafaqat mamlakatimiz, balki qoʻshni xalqlar shoirlarining hayoti va ijodi bilan tanishish orqali kitobxonlikka qiziqishini oshiruvchi noyob majmuaga aylandi. Mazkur xiyobonda har xil madaniy tadbirlar va turli sanʼat koʻrgazmalari oʻtkazilishi mumkin.

 

E.Qanoatov, M.Habibullayev (surat), OʻzA