Toshkent – Dushanbe avia yoʻnalishi ham tiklanadi

Oʻzbekiston hukumati Tojikistonni joriy yil 1-iyuldan boshlab Dushanbega muntazam avia qatnovlar yoʻlga qoʻyilishi toʻgʻrisida xabardor qildi. Bu haqdagi rasmiy maktub Tojikiston transport vazirligiga joʻnatilgan.

Toshkent va Dushanbe shaharlari oʻrtasidagi avia reys dunyo boʻylab koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martda toʻxtatilgan. Oʻsha kundan boshlab Oʻzbekiston bir qator davlatlar qatorida Tojikistan bilan ham chegaralarni yopgan.

Yodingizda boʻlsa, 15-mart kuni mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan dastlabki 4 nafar bemor aniqlangan edi.

 

OʻzA