Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 nafarga yetdi

2020-yil 28-may soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 (+27) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toshkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 2668 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 714 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 1 nafari oʻta ogʻir ahvolda, 3 nafari esa ogʻir ahvolda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

 

OʻzA