Holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasining buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Toshkent shahar vakilining 2020-yil 10-maydagi kelishuvi asosida tekshiruv amalga oshirildi.
Tekshiruv davomida Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi 21-sonli yigʻilish bayoniga zid ravishda koronavirus pandemiyasi davrida ruxsat berilmagan faoliyat turi bilan shugʻullanayotgani aniqlanib, ushbu korxonaning ish faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Qahvaxona rahbari Agzamov Sardorxoʻja Erkinovichga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlik boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Yakkasaroy tuman Maʼmuriy sudiga kiritilmoqda.