Sogʻayganlar soni 109 taga yetdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 10-may kuni kechqurun koronavirusga chalingan 8 nafar bemor butunlay sogʻayib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Sogʻliqni saqlash vazirligining masʼul xodimlari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislarining taʼkidlashicha, sogʻayib chiqqan bemorlarning 6 nafari Nukus shahridan, 2 nafari Qoʻngʻirot tumanidan boʻlib, barchasi infeksiyani koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Bemorlarning yoshi kattasi 53 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2 yoshda. Bugun kunga qadar Orolboʻyida 101 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, ularning soni jami 109 nafarga yetdi. Sogʻayib chiqqan fuqarolar koronavirusga chalingan bemorlarga koʻrsatayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrligi, shifoxonada yaratilgan sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirmoqda.
– Shifoxonaga sogʻayib ketar ekanmanmi, – degan qoʻrqinch va hadik bilan kelgan edim,– deydi tuzalib chiqqan nukuslik fuqarolardan biri. – Shifokorlar, hamshira va sanitar xodimlarning tinimsiz mehnati tufayli bugun chiqib ketayapman. Barcha muolajalar vaqtida, jahon standartlari talabi darajasida amalga oshirildi. Xalqimiz bunday balodan omon boʻlsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida qolgan bemorlar ham yaqin kunlarda butunlay sogʻayib chiqishi kutilmoqda.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA