Yosh ijodkorlarning yangi tuhfasi

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri repertuari jahon klassik asarlari namunalari bilan boyib bormoqda. Xususan, teatr jamoasi ingliz dramaturgi Rey Kunining “Qora diplomat” spektaklini tomoshabinlar eʼtiboriga havola etdi.
Rejissyor Fozilbek Kelimbetov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl komediya janrida boʻlib, insonning kutilmagan holatda qanday ish tutishi, egri yoʻlning oqibatlari gʻoyatda kulgili tarzda ochib berilgan. Ayniqsa, unda yosh aktyorlar — Islom Begjonov, Alima Rametullayeva, Isa Kunnazarov, Rasul Tlemisov, Sharofat Davlatmuratovning mahorati tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.

 

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA