“Jeke terek”da kurash markazi

Nukus shahrining “Jeke terek” mahalla fuqarolar yig‘inida “Kurash” milliy sport markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
“Nukus isker” MChJ tomonidan bunyod etilgan zamonaviy markazda zarur inventarlar bilan jihozlangan sport zallari, kiyinish, yuvinish xonalari mavjud.
 Mamlakatimizda sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibor biz, soha vakillarini yanada qat’iyat va ishtiyoq bilan ishlashga undamoqda. Bunday imkoniyatlarga javoban jahon arenalarida Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taradigan sportchilarni tarbiyalash yo‘lida kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz, – deydi kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport hakami, murabbiy Nokisboy Doniyorov.
Markazning tantanali ochilish marosimi sport musobaqasiga ulandi. Kurash bo‘yicha o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston respublikasi chempionatida 100 nafardan ortiq polvon gilamga tushdi.

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA