Messi hech qaysi futbolchi olmagan sovringa ega chiqdi

Kataloniyaning “Barselona” klubi sardori Lionel Messiga “Laureus World Sports Awards” mukofoti topshirildi. Shuningdek, ushbu unvonga Messi bilan bir qatorda “Formula-1” musobaqalarida bir necha bora chempion bo‘lib kelayotgan Lyuis Xemilton ham loyiq ko‘rilgan.
Mazkur mukofotga ikkala sportchidan tashqari tennischi Rafael Nadal, golf ustasi Tayger Vuds, marafon bo‘yicha mashhur rekord sohibi Eliud Kipchoge va motopoygachi Mark Markes nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi.
Bugunga qadar mazkur sovrinni birorta ham futbolchi qo‘lga kiritmagan edi. Lionel Messi ushbu mukofotni futbolchilar o‘rtasida birinchi bo‘lib oldi.

 

Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA