“Paxtakor” yirik hisobda gʻalaba qozondi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida Toshkentning “Paxtakor” klubi oʻz maydonida Eronning “Shahr Xodro” jamoasini qabul qildi.

“Paxtakor” markaziy stadionida “Shahr Xodro” jamoasiga qarshi oʻtgan oʻyinda poytaxtimiz klubi 3:0 hisobida zafar quchdi. Oʻyinning birinchi boʻlimi teng kurashlar ostida oʻtdi. Ikkinchi boʻlimning 56-daqiqasida Igor Sergeyev hisobni ochgan boʻlsa, oradan uch daqiqa oʻtib oʻzining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 87-daqiqada Jaloliddin Masharipov jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan toʻpini Sherzod Aʼzamov boshi bilan raqib darvozasiga joylab qoʻydi.

Shu tariqa “Paxtakor” klubi ikkinchi turda muhim 3 ochkoni qoʻlga kiritdi. Endi futbolchilarimiz 3-mart kuni safarda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi oʻynaydi.

 

Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA