Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berishicha, 15-fevral kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esa boshlaydi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 12-17 metrga yetishi mumkin. Kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin (yomgʻir, qor). Ayrim joylarda tuman tushadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin (yomgʻir, qor). Ayrim joylarda tuman tushadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin (yomgʻir, qor). Ayrim joylarda tuman tushadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻladi, kuchli yogʻingarchilik kutilmoqda. Ayrim joylarda tuman tushadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.
OʻzA