Hujjat bilan Respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti oʻrniga identifikatsiyalash ID-kartalarini berish tizimini joriy etiladi.Bunda:
* shunga oʻxshash tizimlarning joriy etilishi va uning elektron hukumat tizimlariga integratsiyasi boʻyicha xorijiy tajribani hisobga olgan holda, loyihaoldi oʻrganishni oʻtkazish;
* loyihani amalga oshirishni boshlash maqsadida texnik-loyiha va meʼyoriy hujjatlarni, jumladan standartlarni tayyorlash;
* davlat organlarining texnologik infratuzilmasini, jumladan maʼlumotlar uzatish tarmoqlari, apparat-dasturiy taʼminot tizimlari va boshqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
* loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;
* yangi tugʻilgan barcha shaxslarga va 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) biriktirish, barcha jismoniy shaxslarga elektron koʻrinishdagi davlat xizmatlari koʻrsatish va ularni identifikatsiya qilish uchun farzandlarni ota-ona maʼlumotlari bilan bogʻlash nazarda tutiladi.
* Ijro uchun masʼullar — Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi.