M.Axmadaliyevga “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini berish toʻgʻrisida

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, jahon miqyosida oʻzbek sporti shon-shuhratini yana-da oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqada yuksak azmu shijoat va mahoratini namoyon etib, yurtimiz boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yoʻnalishlarida gʻalaba qozonib, rekord natijani qoʻlga kiritgani hamda yoshlarimizga ibrat namunasini koʻrsatib, ular ongida milliy gʻurur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirish borasidagi katta xizmatlari uchun boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Axmadaliyev Murodjon Qahor oʻgʻliga “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni berilsin.
 
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti                                                                      Sh.Mirziyoyev

 

OʻzA