Yoshlar ittifoqi 20 ming yangi ish o‘rni yaratmoqchi. Tashkilot buni qanday uddalaydi?

Kongres Xollda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Yoshlar ittifoqi raisi Prezidentning parlamentga murojaati yuzasidan fikr mulohazalar va rejalarini aytib o‘tdi. 
“Prezidentimizning murojaatidagi eng asosiy masalalardan biri — yoshlar mavzusi. Yoshlarga ish o‘rinlarini yaratib berish, ularni ish bilan ta’minlash bu sohadagi asosiy vazifalaridan biri.
O‘zbekiston aholisining 60%i yoshlardan tashkil topadigan bo‘lsa, shuncha yosh bilan bitta tashkilot ishlay olmaydi. 2020 yilda oldimizga qo‘ygan maqsad avvalgilardan farqli o‘laroq, barcha tashkilotlarga yoshlar bilan ishlash usullarining namunalarini ko‘rsatmoqchimiz. Shu yil yoshlar uchun 15 ming, 20 ming yangi ish o‘rnini yaratishni reja qilganmiz”, dedi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa’dullaev.
Darhaqiqat, barcha uchun qiziq, Yoshlar ittifoqi ishlab chiqaruvchi tashkilot emas, u qanday qilib 20 ming nafar yoshlarga ish o‘rinlari yaratmoqchi? Tashkilot buning uddasidan chiqishga ishonadi chunki hamisha harakatda.

 

O‘zA