Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev mamlakatda o‘lim jazosi butunlay bekor qilinishi hamda mamlakat o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning ikkinchi bayonnomasiga qo‘shilishini e’lon qildi.
“Tashqi ishlar vazirligiga o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning ikkinchi fakultativ bayonnomasiga qo‘shilish jarayonini boshlash vazifasi topshirildi”, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qaev Milliy jamoatchilik ishonchi kengashi yig‘ilishida.
Qozog‘istonda o‘lim jazosini qo‘llashga 2003 yildan buyon muddatsiz monitoring joriy etilgan. 2004 yildan buyon uning o‘rniga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmoqda.
Bu hukm mamlakat konstitutsiyasining 17 ta moddasi bo‘yicha chiqarilishi mumkin: “Urush vaqtida taqiqlangan vosita va usullarni qo‘llash”, “Genotsid”, “Yollash”, “Urush vaqtida vatanga xiyonat”, “Qozog‘iston Respublikasi prezidenti hayotiga tajovuz” (hatto u tirik qolgan taqdirda ham), “Diversiya”, “Terrorizm akti”, shuningdek “Urush vaqtida harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash yoki voz kechish” va boshqalar.
Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston mustaqillika erishganidan buyon 536 ta o‘lim hukmi ijro etilgan.
O‘zA