Kelgusi haftada ham yogʻingarchiliklar kuzatiladi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 17-20-dekabr kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Unga koʻra:

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-dekabrda 5-10 daraja sovuq, 18-20-dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha koʻtariladi, kunduzi 17-19-dekabrda 3-8 daraja iliq, 20-dekabrda 5-10 daraja iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 18-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 18-dekabrda 0-5 daraja iliq boʻladi, kunduzi 17 va 20-dekabrda 5-10 daraja iliq, 18-19-dekabrda 3-8 daraja iliq boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO, VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, 17 va 20-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18-19-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 va 20-dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 18-19-dekabrda 0-5 daraja iliq boʻladi, kunduzi 17-dekabrda 8-13 daraja iliq, 18-19-dekabrda 3-8 daraja iliq, 20-dekabrda 5-10 daraja iliq boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 18-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19-dekabrda 0-5 daraja iliq, 19-dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi, kunduzi 17-dekabrda 10-15 daraja iliq, 18-20-dekabrda 5-10 daraja iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 18-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-18-dekabrda 0-5 daraja sovuq, 19-20-dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo oʻzgarib turadi, 17 va 20-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18-19-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-dekabrda 3-8 daraja sovuq, 18-20-dekabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 darajasovuq-3 daraja iliq boʻladi.

 

O’zA