Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Turkmaniston rahbarining O‘zbekistonda amaliy tashrifi 28 noyabr kuni boshlangan edi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
O’zA