Muzokaralardan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston rahbarining kitoblari – ilmiy asarlari koʻrgazmasi bilan tanishdi.
Ushbu kitoblar mamlakatimiz ilmiy-akademik doiralari va ijodiy jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotganini taʼkidlash lozim. Mazkur tashrif arafasida Gurbanguli Berdimuhamedovning qator kitoblari – “Baxtli hayot sogʻliqdan boshlanar”, “Madaniyat – xalqning bebaho xazinasi”, “Barhayot afsona”, “Choy – shifo va ruhiy quvvat manbai” nomli asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan edi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentiga mamlakatimizda chop etilgan Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblarining ilk nusxalarini sovgʻa qildi.