Turkmaniston Prezidenti Toshkentga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

IMG_20191128_150733.jpg

IMG_20191128_151709.jpg

Tantanali kutib olish marosimidan soʻng Turkmaniston delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.

Prezidentlar bugun ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.

MTA_5243.JPG

Uchrashuv chogʻida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilishining borishi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

 

Ulugʻbek ASROROV, Temur MAMADAMINOV (surat), OʻzA