Amerikalik harbiylar politsiyaga hujum qilgani uchun hibsga olindi

“RIA Novosti“ ning mahalliy axborot manbalariga asosan tarqatgan xabariga ko‘ra, Yaponiyada amerikalik harbiylar politsiyaga hujum qilgani uchun hibsga olingan. Hodisa kechki payt Okinava prefekturasidagi Onna aholi punktida sodir bo‘lgan.
Uch nafar Amerika harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari mahalliy politsiya patrul avtomobiliga ketma-ket zarba berishgan, huquq himoyachilarining avtomobili oynasini sindirgan. Hibsga olingach, ular alkogol ta’sirida ekani aniqlangan.
Aytish joiz, Okinavada 25 ming amerikalik harbiy va ularning 19 ming oila a’zosi mavjud.

 

O‘zA