Shavkat Mirziyoyev Avstriya Prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Avstriya Respublikasi Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga milliy bayram – Doimiy davlat betarafligi toʻgʻrisidagi Federal konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan kun munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar qildi.

 

O’zA