Uchrashuv avvalida Vengriya hukumati rahbari Prezidentimizni O‘zbekistonning kengashga qo‘shilgani bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Amaliy hamkorlikka oid, avvalo qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat, farmasevtika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surishda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyasining uchrashuvlarini muntazam tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Xalqaro ahamiyatga molik, jumladan O‘zbekiston-YeI yo‘nalishidagi sheriklikning dolzarb masalari ham ko‘rib chiqildi.