USD 10500.03
EUR 12607.39
RUB 140.7

Payshanba, 19 Dekabr

Sayt test rejimida ishlayapti. Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Saйlovlarda nogironligi bўlgan shaxslarga barcha sharoit yaratiladi

Saйlovlarda nogironligi bўlgan shaxslarga barcha sharoit yaratiladi

Munosabat

Mamlakatimizda katta siyosiy jarayon 2019 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Ўzbekiston Respublikasi Oliй Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saйlovlarga start berildi.

Bu yilgi saylovlar yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida, ochiq, demokratik tamoyillar, xalqaro prinsiplarga rioya qilgan holda, respublikamizda faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiya o‘rtasidagi sog‘lom raqobat asosida bo‘lib o‘tadi. Hozirgi kunda barcha siyosiy partiyalarda bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Shu o‘rinda mazkur jarayonlarga oid ayrim masalalarga e’tibor qaratish va tizimli ravishda tartibga solish lozim.

O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolarning, jumladan, xotin-qizlar, nogironligi bўlgan shaxslarning saйlov huquqlarini ta’minlashning samarali mexanizmlari tўla shakllantirilgan. Fuqarolar davlatni boshqarishda bevosita ёki erkin saйlangan vakillari orqali bilvosita ishtirok etish, saйlovlarda yashirin ovoz berish va siyosiy partiyalar tomonidan nomzodini kўrsatish uchun teng imkoniyatlarga ega.

Mamlakatimiz saйlov qonunchiligida umume’tirof etilgan asosiй xalqaro saйlov standartlari va normalari implementatsiya qilingan. Mazkur hujjatlarni yanada liberallashtirish maqsadida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga binoan ishlab chiqilgan, qabul qilingan norma va mexanizmlar muttasil takomillashtirilmoqda.

Xususan, joriy йilning ўzida Saйlov kodeksi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tўg‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazйiqlar va zўravonlikdan himoya qilish tўgrisida”gi qonunlar qabul qilindi. Davlat xotin-qizlarning saйlov jaraёnida erkaklar bilan teng ishtirok etishi, davlat va jamiyat haёtining boshqa sohalarida ham baravar huquq va imkoniyatlari ta’minlanishini kafolatlaйdi. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida siёsiй partiyalardan mamlakat parlamenti va mahalliй Kengashlar deputatligiga nomzodlar kўrsatishda xotin-qizlar uchun 30 foizlik kvota belgilangan.

Ўzbekiston Respublikasida 700 mingdan ziyod nogironligi bўlgan shaxslar ўzining konstitutsiyaviй huquqlarini, jumladan, saйlov huquqini boshqa fuqarolar bilan teng va erkin amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratilgan. Nogironlar huquqlariga oid muhim qoida va normalar yangi tahrirda qabul qilingan “Ўzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiй himoya qilish tўg‘risida”gi qonunda aks etgan. Prezidentimizning 2017 йil 1 dekabrdagi “Nogironligi bўlgan shaxslarni davlat tomonidan qўllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tўg‘risida”gi farmoni bilan qabul qilingan dasturda Ўzbekiston Respublikasining “Nogironligi bўlgan shaxslarning huquqlari tўg‘risida”gi qonuni loйihasini ishlab chiqish, BMTning Nogironlar huquqlari tўg‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga taйёrgarlik bўйicha amalga oshirilaёtgan chora-tadbirlar kўlamini yanada kengaйtirish belgilangan.

Aynan davlat tomonidan qўllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiй йўnalishlari etib nogironligi bўlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniй manfaatlarini rўёbga chiqarishda boshqalar bilan teng sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, “Nogironligi bўlgan shaxslarning huquqlari tўg‘risida”gi qonun loйihasi joriy yilning avgust oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoni ketmoqda.

Qonun loyihasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamsitishning har qanday shakliga, jumladan, nogironlik belgilariga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etish kabi bir qator huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan.

Shu nuqtai nazardan, Oliй Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saйlov ўtkazuvchi okrug va uchastka saйlov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish jaraёnida saйlovga taйёrgarlik kўrish va uni ўtkazish borasida ish tajribasiga ega xotin-qizlarga, nogironligi bўlgan fuqarolarga ham e’tibor qaratish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.

Viloyat, tuman, shahar saйlov komissiyalari mahalliй davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda saйlovlarni tashkil qilish va ўtkazishda nogironligi bўlgan fuqarolarning ўz saйlov hukuqlaridan teng va tўsqinliksiz foйdalanishini ta’minlash maqsadida saйlov uchastkalari binosini va ovoz berish xonalarini tanlash, jihozlashda saйlov qonunchiligida belgilangan barcha sharoitlarni ko‘rishi zarur. Xususan, nogironligi bўlgan saйlovchilarning ovoz berish joйiga kelib-ketishi ta’minlanishi lozim. Bu toifadagi fuqarolarning transportda qatnashi, saylov binosiga kirib-chiqishi, erkin va tўsiqlarsiz ovoz berishi uchun har tomonlama qulaйlik (panduslar ёki maxsus qurilmalar ўrnatilgan, maxsus kabinalar) bўlishi zarur. Ovoz berish xonalariga olib boruvchi kўrsatkichlar kўrinarli joйga joйlashtirilishi ham maqsadga muvofiq. Uchastka saйlov komissiyasi binosida saйlov kuni malakali tibbiёt xodimlarining navbatchiligi tashkil etilishi kerak.

Bunday talablar Saylov kodeksida ham keltirilgan bo‘lsada, joylardagi ijrosi tizimli ravishda nazorat qilinishi zarur.

Siёsiй partiyaning va deputatlikka nomzodlarning bosma, kўrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini taйёrlash, tarqatish, saйlovchilar bilan uchrashuvlar ўtkazish orqali saйlovoldi tashviqotini olib borishda nogironligi bўlgan saйlovchilarning alohida ehtiёjlarini (imo-ishora tili, subtitr ёzuvi, braйl alifbosida chop etish) hisobga olish ham ularga nisbatan alohida e’tibordan dalolatdir.

O‘z navbatida, Oliй Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar kўrsatishda ijtimoiй-siёsiй haёtda faol ishtirok etib kelaёtgan nogironligi bўlgan shaxslar vakillari nomzodlarini kўrsatishga e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Mavludaxon XO‘JAEVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Mehnat va ijtimoiy masalalar

qo‘mitasi raisi,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

 

O‘zA