Qirg‘iz Respublikasida yangi bosh vazir tayinlandi

212

Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Odilbek Kasimaliyev hukumat raisi – prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov tayinlovga oid tegishli farmonni imzoladi.

Oldingi bosh vazir Oqilbek Japarov 16 dekabr kuni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan olingan edi.

Qayd etilishicha, Kasimaliyev nomzodi 18 dekabr kuni parlamentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Jogorku Kenesh tomonidan tasdiqlangan. Kasimaliyev deputatlarga o‘zidan oldingi bosh vazir O.Japarov dasturini davom ettirishga va’da bergan.

Tayinlovga qadar Kasimaliyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, shunindek, 2015-2018 yillarda mamlakat Moliya vazirligini boshqargan.

M.Pirmatova, O‘zA