Gandbol: hamyurtlarimiz Turkmaniston terma jamoasini mag‘lub etdi
211

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan Markaziy Osiyo chempionatining ortda qolgan to‘rtinchi kungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston jamoasi bilan kuch sinashdi.

Chempionatda 6 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan hamyurtlarimiz Turkmaniston terma jamoasini 31:22 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu esa milliy terma jamoamiz a’zolarining umumiy ochkolari soni 8 taga yetishiga olib keldi. Gandbolchilarimiz hozirda 8 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA