Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxassislik boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy telegram kanali xabar bermoqda.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga toʻlanishi belgilanayotgan 400 000 soʻm, bir yilda jami 4 800 000 soʻmni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika taʼlim yoʼnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020-oʻquv yilidan boshlab, quyidagi tartibda toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin:
Stipendiya bilan – 10 792 960 soʻm (Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).
Stipendiyasiz – 5 992 960 soʻm (10 792 960 soʻm – 4 800 000 soʻm)
Izoh: 2019/2020-oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik toʻlanadigan stipendiya miqdori 400 000 soʻm etib belgilanadi.
OʻzA