Sammitga yuqori martabali vakillar yuborilmaydi

Qo‘shma Shtatlar Xitoyda bo‘lib o‘tuvchi “Buyuk Ipak yo‘li”ga bag‘ishlangan sammitga o‘zining yuqori martabali vakillarini yubormaydigan bo‘ldi. “Reuters! agentligi bu haqda xabar beradi. 
Agentlik manbasi hisoblangan AQSh davlat departamenti ma’lumotida “Biz moliyaviy amaliyotlarning shaffofligi, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilinishiga oid xavotirlarimizni bayon etishda davom etamiz, ayni shular bizning taraqqiyot va tartib borasidagi tayanchlarimiz hisoblanadi”, deyiladi.

 

O‘zA