22 kunlik go‘dagini pullamoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Joriy yilning 26 mart kuni soat 21:30 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Karmana tuman IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Navoiy viloyati Karmana tumani Michurin dala hovlilar jamiyatidagi dala hovlilarning birida vaqtincha yashovchi yolg‘iz ona Go‘zal (ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘zining 22 kunlik farzandi Bahodirjonni 5 million so‘mga Navoiy shahrida yashovchi Farida ismli ayolga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.

 

N.Rahimov, O‘zA