Papua — Yangi Gvineya. Tinch okeanida joylashgan ushbu orol qirgʻoq boʻyi hududlarida 5,9 magnitudagi zilzila yuz berdi.
Eron. Shahri Kord shahri yaqinida tez yordam xizmati vertolyoti qulashi oqibatida 5 kishi halok boʻldi.
Janubiy Koreya. Janubiy Koreya – AQSH hamkorligidagi harbiy tayyorlov mashgʻulotlari boshlandi.
AQSH. 3 mart kuni Jorjiya shtatida yuz bergan tarnado oqibatlarini bartaraf etish maqsadida shtat hududida favqulodda holat joriy etildi.
Rossiya. Pekin – Los – Anjeles yoʻnalishida harakatlanayotgan Air China aviakompaniyasiga qarashli samolyot bortida yuz bergan favqulodda holat tufayli samolyot Chukotka avtonom viloyatidagi Anadir shahariga qoʻnishga majbur boʻldi.
Chexiya. Ronov-nad-Doubravou shahrida poyezdlar toʻqnashuvi oqibatida 6 kishi jarohatlangan. Qurbonlar aniqlanmagan.
AQSH. Mamlakat hukumati tomonidan 2014 yil Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiya muddati 6 martdan eʼtiboran bir yilga uzaytirildi.
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA