Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun mablagʻlar ajratiladi.
Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil Davlat byudjeti hamda mahalliy byudjet hisobidan:
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun mablagʻlar ajratiladi;
• davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlarida dorilar va tibbiyot buyumlari uchun rejalashtirilgan byudjet mablagʻlari hududiy sogʻliqni saqlash organlariga xarajatlar smetasining tegishli satrida jamlanadi.
“Oʻzmedimpeks” DUKga dorilar va tibbiyot buyumlarini yetkazib berganlik uchun respublika byudjetidan mablagʻlar ajratiladi.
OʻzA