Oʻzbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlari oʻtkaziladi

2019 yilning 26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi boʻlib oʻtadi. Vazirlik axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, unda ishtirok etish uchun Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa ittifoqi va hamkorlik vazirligi Davlat kotibi Fernando Valensuela boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga kelmoqda.
Ispaniya delegatsiyasi mamlakatimizda boʻlib turgan chogʻida Investitsiya va tashqi savdo, Transport vazirliklarida, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida, Savdo-sanoat palatasida ham muzokaralar oʻtkazadi.

 

OʻzA