Orolni tiklashda yurtimiz fermerlari faol ishtirok etmoqda

Keyingi yillarda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo boʻldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga koʻtarilmoqda. 
 
photo5370871915662649780.jpg
Ushbu global muammoning oldini olish uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida Orol dengizining qurigan hududida 2019 yil 500 ming gektar oʻrmonzorlar barpo etilishi qayd etilgan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirda Orol dengizining qurigan tubiga saksovul ekish uchun 326 060 gektar yer maydoni tayyorlanib, shundan 103 ming gektardan koʻproq maydonga saksovul urugʻi ekildi. Mazkur urugʻlar nafaqat Orol dengizi tubidan, balki Navoiy, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlaridan ham terib kelinmoqda.
photo5370871915662649786.jpg
Qayd etish joizki, saksovul ekish jarayonida beminnat ishtirok etayotgan mingdan ortiq ishchilarga barcha sharoitlar yaratilgan. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi davlat tashkilotlari vakillari va mahalliy tadbirkorlar oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Endilikda mazkur xayrli tadbirlarga Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari ham munosib hissa qoʻshdi. Xususan, Kengash raisi A. Hayitov tashabbusi bilan yurtimiz fermerlari Orolni tiklashda faol ishtirok etmoqda.
Ayni vaqtda kengashning Andijon viloyatidagi fermerlar homiylik koʻmagi orqali bu tadbirni boshlab berishdi. Ular ishchilarga oʻzlari yetishtirgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishmoqda.

 

OʻzA