Prezidentimiz Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanidagi Gʻalaba mahal-lasida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkor-lik ishlari bilan tanishdi. Hududdagi “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻldi.
Mahalla hududida dastur doirasida sobiq paxta tozalash korxonasi-ning boʻsh turgan binosi rekonstuksiya qilinib, ushbu loyihani amalga oshirish uchun 3 milliard soʻmlik qurilish, taʼmirlash va jihozlash ishla-ri bajarildi.
Korxona yiliga 8 milliard soʻmlik tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Unda mahalladagi buzib tashlangan eski barak uy-lardan zamonaviy uylarga koʻchib chiqqan oilalardagi uy bekalari va kasb-hunar kollejlarini bitirgan qizlar “Tadbirkor ayol” uyushmasi koʻmagida kollejlarning tajribali ishlab chiqarish ustalari tomonidan tikuvchilik kasbiga qayta tayyorlanib, ish bilan taʼminlandi.
Jamoa viloyatdagi “Oʻzbekpaxtasanoat” tizimidagi va boshqa korxona-larga shartnoma asosida maxsus kiyimlar tikib berayotir. Ayni paytda korxonada erkaklar va ayollar uchun jinsi matosidan kiyim-kechaklar ham tikilmoqda.
– Mirzachoʻlni yanada obod qilishga doir ishlarni bundan keyin ham tizimli davom ettiramiz. Maqsadimiz odamlarni rozi qilish, ularga munosib turmush sharoiti yaratish, dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz Gʻalaba mahallasi, Barakat koʻchasida yashovchi Maqsud Misirov xonadonida boʻldi. Xonadon egalarini yangi uy bilan tabrikladi. Qayd etish kerakki, M.Misirovning turmush oʻrtogʻi Maʼrifat Haydarova va qizi Mohinur Meliqulova “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi”da mehnat qiladi. Ular yaratilgan sharoit uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.