2017-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kanada Tashqi ishlar, savdo va rivojlanish vazirligining Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha Byurosi bosh direktori Alison LeKlaire boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi vazirlikning rasmiy sayti.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanish istiqbollari hamda BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, tomonlar siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish barobarida birgalikda to‘plangan tajriba turli sohalarda hamkorilikni yanda chuqurlashtirish va ushbu sohalarda aniq yo‘nalishlarni belgilash uchun faol mexanizm sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli savdoni aloqalarini kengaytirish va Kanada kapitali ishtirokida yuqori texnologik investitsion loyihalarni amalga oshirishda keng imkoniyatlar mavjudligi tasdiqlandi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shu kuni Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda Kanada Elchisi Jon Ronald Kyor ishtirok etdi.