Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni “Joʻshqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga joʻnab ketdi.
a1471787-ca03-2eb5-c37d-5168e562dd5d.jpg
Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 18 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi, shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara oʻtkazadi.
Narendra Modi tashabbusi bilan 2003 yildan buyon Gujarat shtati markazi Gandinagar shahrida oʻtkazib kelinayotgan “Joʻshqin Gujarat” sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forumlardan biri hisoblanadi.
Hindiston farmatsevtika sanoati markazi boʻlgan Gujaratda dunyodagi eng ilgʻor kompaniyalar faoliyat yuritadi. Sammit doirasida ular bilan mamlakatimiz kompaniyalari va hududlari oʻrtasida savdo va biznesni kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.

 

Ulugʻbek Asrorov, OʻzA