“Agrobank” Germaniya banklari bilan muhim kelishuvlarni imzoladi

Mamlakatimizda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish koʻlami sezilarli oshmoqda.

Berlinda oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston-Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi tijorat banklari uchun faol investitsiya muhitini yaratib berayotgani bilan yanada ahamiyatli boʻlmoqda.

Xalqaro forum doirasida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ilk bor 150 million Yevro miqdorida kredit liniya mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha “Landesbank BadenWurttemberg” hamda “Commerz Bank AG” banklari bilan kelishuvlar imzoladi.

Kelishuvlar doirasida joriy yil 1-choragida toʻrtta yirik sanoat korxonalarining istiqbolli loyihalariga 65 million Yevro miqdorida kredit mablagʻlari ajratiladi. Buning hisobiga 1500 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Mazkur kelishuvlar Germaniya moliya institutlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

image_2019-01-14_21-02-22.png

 

O’zA