Germaniyada Oʻzbekiston kunlari

Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi koʻrgazmalar zalida“Oʻzbekiston kunlari” maʼrifiy tadbiri ochildi.

Tadbir doirasida badiiy koʻrgazma ham tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari Sanjar Jabborov, Nuriddin Rasulov, Diyor Roziqov, Nigora Sharifxoʻjayeva asarlari namoyish etilmoqda. Bu oʻzbek musavvirlari 2018 yilning yoz oylarida Germaniyaning Duysburg shahrida boʻlib oʻtgan yirik koʻrgazmada ham ishtirok etgan edi.

Tasviriy sanʼat sohasida ikki mamlakat ijodkorlarining hamkorligi tobora faollashmoqda. Dyusseldorfdagi Oʻzbekiston kunlari doirasida tashkil etilgankoʻrgazmada 2018 yilning dekabr oyida Toshkentda oʻtkazilgan koʻrgazmada ishtirok etgan nemis ijodkorlarining ishlari ham taqdim etildi.

Bu yerda tashrif buyurgan ishtirokchilar, shu jumladan, germaniyaliklar yurtimiz sanʼatibilan yaqindan tanishmoqda. Koʻrgazma 18 yanvarga qadar davom etadi.

 

N.Usmonova,OʻzA