Hindistonning Lakxnau shahrida karate boʻyicha anʼanaviy xalqaro turnirda Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Qahramon Dehqonov shogirdlari mazkur musobaqada 5 oltin va 1 kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Qahramon Dehqonov shogirdlari mazkur musobaqada 5 oltin va 1 kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Mazkur musobaqada Asilbek Sagatov, Shohjahon Abdusattorov, Boburshox Hakimov, Vorisxon Zayniddinov va Aziza Sanʼatbekova oʻz vazn hamda yosh toifalarida birinchi oʻrinni qayd etishdi.
Shuningdek, yosh karatechilarimizda Shahzoda Boʻronova 12-13 yoshli qizlar oʻrtasida kumush medal bilan taqdirlandi.
– Ushbu musobaqa toʻqqizinchi marotaba tashkil etilmoqda, – deydi murabbiy Qahramon Dehqonov. – Musobaqa keskin va murosasiz bahslarga boy oʻtdi. Shogirdlarim qayt etgan natijadan xursandman. Ishonamanki kelgusida bundanda yuksak natijalarni qoʻlga kiritishadi.
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA