Siyosiy hayotda yana bir yangi amaliyot joriy etiladi

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi kelgusidagi vazifalar va maqsadlarni roʻyobga chiqarishda bosh dasturilamal hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari joriy yildan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yoʻnalish boʻyicha bajarilgan ishlar haqida oliy vakillik organlarida hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etish zarurligini qayd etdi.
“Biz yangi yildan boshlab siyosiy hayotimizda yangi bir amaliyotga joriy etamiz. Kirib kelayotgan yilning bosh hujjati boʻlgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida Bosh vazir hukumat aʼzolari bilan birga Senat va Qonunchilik palatasi oldida har oyda hisobot berib boradi“ dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz, shuningdek, bu jarayonni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, shu tariqa fuqarolar Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha olib borilayotgan ishlardan xabardorligini taʼminlash imkoni yaratilishini aytib oʻtdi.

 

OʻzA