Orol dengizining qurigan hududida 500 ming gektar oʻrmonzor barpo etiladi

Ekologik xavfsizlik masalasi davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiboridagi masalalardan biri.
Prezidentimizning Oliy Majlisga taqdim etayotgan Murojaatnomasida ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratilganini taʼkidlash oʻrinli.
Jumladan, Prezidentimiz ekologik xavfsizlik, birinchi navbatda, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligini qayd etdi va Suv xoʻjaligi vazirligiga 2019-yilda mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishi lozimligini koʻrsatib oʻtdi.
“Biz Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun BMT Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish hamda BMTning boshqa institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz. Biz bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, Orolboʻyidagi vaziyatni yaxshilash boʻyicha harakatlarimizni yanada kuchaytiramiz“, deya taʼkidladi davlatimiz rahbari.
Orol dengizining qurigan hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar oʻrmonzor barpo etiladi.

 

OʻzA