Hayot oʻzgardi, ammo Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari oʻzgarmadi

Prezidentimizning mamlakat oliy vakillik organi – Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu borada soʻz boradi.
Prezidentimiz oʻz murojaatida jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish masalalariga toʻxtalar ekan, amaldagi Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul qilinganini eslatib oʻtdi. Oʻtgan davrda hayot oʻzgargani, jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi oʻzgargani nuqtai nazaridan. bu kodekslar bugungi kun talablariga javob bermasligi qayd etildi.
“Shuning uchun jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni tubdan qayta koʻrib chiqish lozim. Qonunchilikda har bir jinoyatning belgi va xususiyatlarini, jazo tayinlash mexanizmlarini aniq koʻrsatish, tergov harakatlarini oʻtkazishga inson omilining taʼsirini imkon qadar kamaytirish zarur“ deya qayd etdi Prezidentimiz oʻz murojaatida.
Bu borada qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha idoralararo komissiyaga 2019-yil 1-iyulga qadar Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatildi.

 

OʻzA