Avval xabar berganimizdek, ayni paytda davom etayotgan Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu borada birinchi qadam sifatida “Oʻzbekenergo” va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” tizimini tubdan isloh qilish haqida qarorlar qabul qilingani xususida aytib oʻtdi.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi qayta tashkil etilib, parvozlarni amalga oshirish, aeroportlarni boshqarish va aeronavigatsiya xizmatlari bir-biridan ajratildi.
“Kelgusi yilda boshqa strategik tarmoqlarni ham bosqichma-bosqich isloh qilishni davom ettiramiz. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning narxini davlat tomonidan belgilash amaliyotini butunlay qayta koʻrib chiqish kerak”, dedi Prezidentimiz.
OʻzA