Prezident: “Bank va moliya tizimida zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish zarur”

Avval xabar berganimizdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga 2018-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va Oʻzbekiston Respublikasini 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Murojaatnomasini davom etmoqda.
Davlatmiz rahbari hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozimligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
“Moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri boʻlishi kerak. Bu masalaning muhimligi davlat korxonalarini isloh qilish bilan ham uzviy bogʻliq. Chunki, xususiylashtirish jarayoni va uning kelgusi rivojini muqobil moliya manbalarisiz tasavvur qilish qiyin”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Endilikda yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari koʻlamini yanada kengaytirish, ilgʻor axborot texnologiyalari asosida rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

OʻzA