Mourino shogirdlariga dam bermoqchi emas

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino yangi yil, xususan, rojdestvo bayrami arafasida shogirdlariga hordiq bermaydi.
Taʼkidlash joizki, “MYU” futbolchilari 25-da mashgʻulot oʻtkazishadi va shundan soʻng oʻz uylariga qaytib ketishmaydi. Bungacha Joze shogirdlari faqat ertalabki mashgʻulotlarda qatnashar edi. Biroq portugaliyalik murabbiy hammasini oʻzgartirishga qaror qilgan. Koʻrinishidan, futbolchilarning harakatlari bosh murabbiyga yoqmayapti. Va shu yoʻl bilan jazolashni rejalashtirgan.
Eslatib oʻtamiz, Rojdestvo bayrami 25 dekabrdan boshlab nishonlanadi.

 

OʻzA