Balotelli Fransiyadan ketadi

Abola nashrining xabar berishicha, “Nissa” klubi hujumchisi qishki transferlar oynasida oʻz jamoasini oʻzgartiradi.
Xabarlarda futbolchi yanvarda jamoadan ketishi, hozirda Italiyadan uy qidirayotgani bayon qilingan. Forvardning yangi klubi qaysi boʻlishi haqida hozircha hech nima deyilmagan.
Eslatib oʻtamiz, italiyalik hujumchi professional futbolda bugungacha “Lumedzane”, “Inter”, “Manchester Siti”, “Milan” hamda “Liverpul” jamoalarida toʻp surgan.

 

O’zA