Shohjahon Ergashev raqibini 18-soniyadayoq nokautga uchratdi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida navbatdagi jangini oʻtkazdi.
Mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. Jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahsni ketma-ket zarbalar bilan boshlagan bokschimiz 18-soniyadayoq raqibini nokaut holatiga tushirdi.
Maʼlumot uchun, bu Shohjahon uchun professional ringdagi 16-jang boʻldi. Ergashev ularning barchasida gʻalaba qozongan. Bahslarning 15 tasida u raqiblarini muddatidan oldin magʻlub etgan. Ruizning oʻtkazgan janglari soni 50 taga yetdi. Argentinalik bokschi ularning 32 tasiga gʻalaba qozongan (11 ta nokaut). 18 marotaba imkoniyatni boy bergan (3 ta nokaut).

 

OʻzA