Olimlar OIVga qarshi kurashning yangi usulini topdi

Fransiyaning Paster instituti olimlari metabolik faollikni toʻxtatish xususiyatiga ega ingibitorlar yordamida OIV (insonda orttirilgan imunodefitsit virusi) bilan zararlangan hujayralarni yoʻq qilish usulini aniqladi, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Qayd etilishicha, bugungi kunda OIVni davolash jarayoni faqat infeksiyani bloklashni oʻz ichiga olib, bunda virus batamom oʻlmaydi, balki hujayralarda “faol boʻlmagan” zaxira shaklida saqlanib qoladi. Yangi usul esa, yaʼni davolashda metabolik faollikni toʻxtatuvchi ingibitorlardan foydalanish organizmda ana shunday “faol boʻlmagan” virusli hujayralarni yoʻq qilish imkonini beradi.
Fransiyaliklar olimlarning OIVga qarshi kurashdagi yangi usuli infeksiya bemor organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi, degan xulosani oʻzgartirishi mumkin.

 

Malohat Husanova, OʻzA