Endi haydovchilik guvohnomasini olish uchunarizani masofadan turib berish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) mahalliy avtomobil sohiblari uchun yangi xizmatni ishga tushirdi. Endi ular masofadan turib yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun ariza berishlari mumkin.

YAIDXP maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish amalga oshirilmoqda. Bunda barcha avtomobil egalari 2020 yilga qadar yangi haydovchilik guvohnomalarini olishlari kerak.

YAIDXP tomonidan taqdim etilayotgan yangi xizmat turi vaqtni sezilarli darajada tejash va ariza berish amaliyotini soddalashtirishga imkon berishi kutilmoqda. Undan foydalanish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs YAIDXPning rasmiy saytidagi arizaning elektron shaklini toʻldirishi va barcha zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatishi kerak boʻladi. Soʻngra yetti kun mobaynida Davlat xizmatlari markaziga kelib, fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat, eski haydovchilik guvohnomasi va talonini taqdim etishi, davlat boji toʻlovini amalga oshirishi, suratga tushishi lozim boʻladi.Shundan soʻng u yangi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻladi.

Roman Bondarchuk, OʻzA