Memorandum imzolandi

Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan matbuot anjumani tashkil qilindi.
Tadbirda qator hamkor tashkilotlar bilan memorandumlar imzolandi. Hususan, bugungi kunda isteʼmolchilardan qandolat mahsulotlariga boʻlgan talab va takliflarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va Qandolatchilikni rivojlantirish assotsiatsiyasi oʻrtasida konstruktiv va oʻzaro foydali aloqalarni oʻrnatish hamda rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.
Besh yil davomida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan holda oʻz vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilib, jarayonga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etiladi.
Mazkur memorandum isteʼmolchilar duch kelayotgan qandolat mahsulotlari bilan bogʻliq muammoli vaziyatlar yechimini topishda asosiy vosita vazifasini bajarib beradi. Shuningdek, Qandolatchilikni rivojlantirish assotsiatsiyasi isteʼmolchilardan Federatsiyaga kelib tushgan takliflarni oʻrganib chiqib, tadbirkorlik subyektlariga joʻnatadi.

 

Omonjon Toʻxtamirzayev OʻzA