Shavkat Mirziyoyev – Instagramʻda eng mashhur siyosatchilardan biri

BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi “Dunyo yetakchilari Instagramʻda” nomli tadqiqotini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Instagram sahifasiga aʼzo boʻlganlar soni boʻyicha sobiq Ittifoq hududidagi siyosatchilar ichida peshqadamlardan biri ekani maʼlum boʻldi.
BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi eʼlon qilgan “Dunyo yetakchilari Instagramʻda” nomli tadqiqotida 426ta rasmiy davlat akkauntlari taqqoslangan. Oʻzbekistondan bu izlanishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamda Bosh vazir Abdulla Aripov akkauntlari qatnashdi.

 

OʻzA