Erkinlik va tenglik gʻoyalarini mujassam etgan qomus

Mamlakatimizda vijdon erkinligi qonun bilan himoyalangan boʻlib, har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilishi yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Shuningdek, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmasligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida Konstitutsiyamizning 26 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Qoʻmita raisi R.Qurbonov va boshqalar taʼkidlaganidek, qonun ustuvorligi taʼminlangan, har bir insonning huquq va erkinliklari kafolatlangan, qolaversa, xalqi bagʻrikeng Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil, inoq umrguzaronlik qilmoqda. Asrlar davomida xalqimiz bilan yonma-yon, yelkama-yelka yashab kelayotgan turli millat vakillari sanalgan vatandoshlarimizning ham mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi yoʻlidagi hissasi beqiyos. Zotan, yurtimizning tinchligi, osoyishta va farovonligi erkin va baxtli yashashimizga, orzu-istaklarimiz roʻyobiga xizmat qilayotir.

Tadbirda Bosh qomusimizning jamiyatda tutgan oʻrni, ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. “Mamlakatimiz Konstitutsiyasi – erkinlik va tenglik gʻoyalarini mujassam etgan qomus”, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayotimiz, Vatanimiz izchil taraqqiyotining mustahkam poydevori” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari va Milliy madaniy markazlarning havaskor jamoalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.

3.JPG

7.JPG
8.JPG

 

Mohigul Qosimova, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA